Bosh sahifa / Kreativ laboratoriya

Kreativ laboratoriya

15 ta ijodiy topshiriq: boshlang‘ichdan yuqori darajagacha.

1. BajaringTopshiriqni GeoGebra, Canva yoki H5P’da bajaring
2. YuklangFayl yoki havolani portfolioga yuklang
3. Baho olingMentor rubrika bo‘yicha baholaydi
4. TakomillashtiringFikr asosida tuzatib, qayta yuklang
5. PortfolioTayyor ish portfolioga qo‘shiladi
1hafta
M1Boshlang‘ich

Son tushunchasini kengaytirish; butun sonlar

Harorat, qarz va mablagʻ, dengiz sathidan balandlik kabi vaziyatlar orqali manfiy sonlarga ehtiyojni koʻrsatuvchi kamida uchta original hayotiy vaziyat tuzing. Har bir vaziyatni boshlangʻich sinf oʻquvchisiga tushunarli tilda izohlang va oʻzingiz tanlagan sonlar bilan amal bajarib koʻrsating.

Canva infografikasi “Manfiy sonlar hayotda” (1 sahifa) va metodik izoh (5–7 jumla)
Canva
Originallik
2hafta
M2Boshlang‘ich

Ratsional sonlar; ulush va kasr tushunchasi

Kasr va ulush tushunchasini hayotiy vaziyat orqali izohlovchi original topshiriq tuzing. Bir xil kasrni ikki xil modelda (doira va kesma) tasvirlang va kasrlarni qoʻshish yoki solishtirishga bitta masala tuzing.

Interaktiv “Sudrab joylashtir” (Drag and Drop) topshirigʻi yoki Canva kartochkalar toʻplami (5 ta karta)
CanvaH5P
Moslashuvchanlik
3hafta
M3Boshlang‘ich

Oʻnli kasrlar va ular ustida arifmetik amallar

Oʻnli kasrlar ustida bitta amalni (masalan, 2,4 · 1,5) kamida ikki usulda bajaring va har bir usulning toʻgʻriligini asoslang. 10×10 kvadratli setka modelidan foydalaning.

GeoGebra materiali (setka modeli) va ikki usulni taqqoslovchi qisqa izoh
GeoGebra
Mustaqil yechim
4hafta
M4Boshlang‘ich

Haqiqiy sonlar; irratsional son tushunchasi

Tomoni 1 ga teng kvadratning diagonali orqali √2 irratsional son ekanini koʻrsatuvchi chizma yarating. N ⊂ Z ⊂ Q ⊂ R munosabatini vizual sxemada ifodalang va boshlangʻich sinf oʻqituvchisi uchun qisqa izoh yozing.

GeoGebra chizmasi va Canva sxemasi (sonlar kengayishi)
GeoGebraCanva
Matematik mulohaza
5hafta
M5Boshlang‘ich

Kompleks sonlar va ular ustida amallar

Kompleks son tushunchasini bilimi yoʻq oʻquvchiga tushuntiruvchi sodda metodik izoh tayyorlang. Qoʻshish, ayirish va koʻpaytirishga kamida uchta misol tuzing va har birini bosqichma-bosqich yeching.

Canva taqdimoti “Kompleks son nima?” (5 ta slayd)
Canva
Metodik yangilik
6hafta
M6O‘rta

Kompleks sonlarning geometrik maʼnosi va trigonometrik shakli

Kompleks sonni tekislikda nuqta va vektor sifatida tasvirlovchi dinamik model yarating. Modulning va argumentning oʻzgarishi sonning joylashuviga qanday taʼsir qilishini kuzating, koʻpaytirishda burilish va choʻzilish hodisasini koʻrsating va metodik xulosa yozing.

GeoGebra dinamik modeli va xulosa (7–10 jumla)
GeoGebra
Matematik mulohaza
7hafta
M7O‘rta

Geometriya elementlari; geometrik figuralar

Geometrik figuralarni oʻrgatuvchi original didaktik oʻyin loyihalang. Oʻyin qoidalari, kartochkalar, gʻolibni aniqlash tartibi va kutilgan oʻquv natijasi yozilsin.

Oʻyin kartochkalari (kamida 12 ta) va qoidalar varagʻi
CanvaH5P
Originallik
8hafta
M8O‘rta

Koʻpyoqlilar va aylanma jismlar

Prizma, piramida, silindr va konusdan kamida ikkitasining dinamik modelini yarating, yoyilmasini (toʻrini) koʻrsating va hajm formulasi bilan bogʻlang. Oraliq diagnostika natijasi boʻyicha oʻz ishingizga qisqa refleksiya yozing.

GeoGebra 3D modeli va refleksiv izoh
GeoGebra
Mustaqil yechim
9hafta
M9O‘rta

Geometrik masalalar yechish metodlari

Bitta geometrik masalani ikki usulda (masalan, Pifagor teoremasi va yuza usuli bilan) yeching. Chizmani GeoGebrada yarating va usullarni qulaylik, tezlik va tushunarlilik jihatidan taqqoslovchi jadval tuzing.

GeoGebra chizmasi va taqqoslash jadvali
GeoGebra
Moslashuvchanlik
10hafta
M10O‘rta

Miqdorlar va ularni oʻlchash

“Matematika hayotda” tamoyili asosida “Bozorda savdo” rolli oʻyinini loyihalang. Mahsulotlar, narxlar, miqdorlar va hisob-kitob vaziyatlarini oʻylab toping, sotuvchi va xaridor rollarini va oʻyin qoidalarini yozing.

Oʻyin stsenariysi, narx kartochkalari va hisob varagʻi
CanvaH5P
Originallik
11hafta
M11Yuqori

Kesma uzunligi va uzunlik birliklari

4K modeli (kreativlik, tanqidiy fikrlash, kollaboratsiya, kommunikatsiya) asosida guruhda uzunlikni oʻlchashga oid oʻlchov oʻyini yoki didaktik material yarating. Guruh aʼzolarining rollari aniq yozilsin, mahsulot sinfda taqdim etilsin.

Didaktik material (oʻlchov oʻyini kartochkalari va qoidalar) va guruh taqdimoti
Canva
Metodik yangilik
12hafta
M12Yuqori

Figuralarning yuzi va uni oʻlchash usullari

Figuralarning yuzini topishga oid original didaktik kartochka yoki infografika yarating. Kamida uchta figura (toʻgʻri toʻrtburchak, uchburchak, trapetsiya) uchun yuzni topish usulini rasmli koʻrsating.

Canva infografikasi yoki kartochkalar toʻplami, qoʻshimcha sifatida GeoGebra setka chizmasi
GeoGebraCanva
Originallik
13hafta
M13Yuqori

Massa va hajm, ularni oʻlchash

“Uy qurilishi” loyihasida oʻlchov va geometriyani birlashtiring. Xonaning yuzi va hajmini, boʻyoq sarfini (litr, kg) hisoblang, masalalarni oʻzingiz tuzing va yechimlarini asoslang.

Loyiha hisob-kitob jadvali, GeoGebra 3D maketi va qisqa taqdimot
GeoGebraCanva
Mustaqil yechim
14hafta
M14Yuqori

Vaqt oraliqlari va boshqa miqdorlar (narx, tezlik, yoʻl)

Yakuniy individual loyiha. Boshlangʻich sinf uchun “Tezlik, vaqt, yoʻl” mavzusida original dars ishlanmasini yarating. Maqsad, texnologik xarita, kamida uchta topshiriq, baholash mezoni va oʻz-oʻzini baholash savollari boʻlsin. Ishlanmani “Kreativ portfolio”ga joylang.

Dars ishlanmasi (Word yoki PDF) va dars uchun 1 ta interaktiv yoki vizual material
CanvaH5P
Metodik yangilik
15hafta
M15Yuqori

Matnli, nostandart va mantiqiy masalalar

Bitta matnli masalani ikki usulda (arifmetik va tenglama yoki chizma bilan) yeching va usullarni taqqoslang. Soʻng oʻzingiz yangi nostandart masala tuzing, uning yechimi va qiyinlik darajasini asoslang. Natijani portfolioda taqdim eting va guruhdoshlaringizning ishiga yozma fikr bildiring.

Ikki usulli yechim, yangi masala va yechimi (1–2 bet), portfolio taqdimoti
CanvaH5P
Matematik mulohaza

Baholash mezonlari

Har bir ish 0–4 ballik rubrika bo‘yicha baholanadi. Har topshiriqda bitta mezon asosiy hisoblanadi.

OriginallikYangi, o‘ziga xos g‘oya
MoslashuvchanlikBir necha yechim yo‘li
Mustaqil yechimYordamsiz, to‘g‘ri bajarish
Metodik yangilikDarsda qo‘llash mumkin
Matematik mulohazaIzchil va asoslangan
Scroll to Top